Войти

Navigatsiya

  • Foydali manbalar

  • Все о погоде - Pogoda.uz



    Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirish

    8 Avgust 2013

    Ariza beruvchi istalgan vaqtda va sertifikatlashtirish organlari esa birinchi talabga ko‘ra quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

    a) muvofiqlik sertifikati majburiy tartibda bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulot turlarining ro‘yxati yoki ro‘yxatdan ko‘chirma;

    b) akkreditatsiya qilish sohasiga taalluqli bo‘lgan bir turdagi mahsulotni sertifikatlash qoidalari;

    v) sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar narxlari (tariflari) preyskuranti;

    g) davlat vakolatli organida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat.

     

    Sertifikatlashtirish organi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganlik uchun nusxalarni tayyorlash xarajatlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lov undirishga haqlidir.

    Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi;
    • mahsulot to’g’risidagi ma’lumot (markirovka)ni Davlat tilidagi namunasi;
    • gigiyenik sertifikat va sinov bayonnomalar nusxasi (Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda, gigiyenik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi)
    • veterinariya yoki fitosanitariya hujjatlari (agar me’yoriy hujjatda  talab qilingan bo’lsa).

     

    Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi:

    • mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (mavjud bo‘lganda);
    • mahsulot to’g’risidagi ma’lumot (markirovka)ni Davlat tilidagi namunasi;
    • O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan mahsulotning  ilova hujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, hisob-faktura) nusxasi;
    • gigiyenik sertifikat va sinov bayonnomalar nusxasi (Ariza beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda, gigiyenik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi).