Войти

Navigatsiya

  • Foydali manbalar

  • Все о погоде - Pogoda.uz



    “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi qonuni Prezident tomonidan imzolandi

    11 Noyabr 2013

    “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi qonuni Prezident tomonidan imzolandi

    “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident I.Karimov tomonidan 2013 yil 4 oktyabrda imzolandi.

    “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konuni 2013 yil 6 iyunda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan.

    O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2013 yil 22 avgustda maqullandi.

    Qonun olti oy o’tgach kuchga kiradi.

    Qonunning maqsadi va vazifalari:

    -        “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi Qonun, muvofiqlikni baholash soxasidagi munosabatlarni xuquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish maqsadini ko’zlaydi;

    -        shuningdek, Milliy akkreditatsiyalash tizimining qonuniy, texnik va tashkiliy asoslarini yaratish;

    -        Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni xavfsizligi, sifati va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek ichki bozorni xavfli mahsulotlardan himoyalash;

    -        sinov, kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalari, sertifikatlashtirish idoralari, inspektsiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa tashkilotlarning texnik omilkorligini oshirish hamda ish natijalarini xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashdan iboratdir;

    -       “Muvofiqlikni baholash to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi qonun xujjatlarini xalqaro talablarga va Butunjahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish, xalqaro savdoni engillashtirish imkonini beradi.

    Leave a Reply

    Your email address will not be published. Required fields are marked *

    You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>