Войти

Navigatsiya

  • Foydali manbalar

  • Все о погоде - Pogoda.uz



    Muvofiqlikni baholash milliy tizimi

    8 Avgust 2013

     

    Sertifikatlashtirish

    O’zstandar” agentligi O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy organi bo’lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:

    • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
    • mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sertifikatlanishini o’tkazish bo’yicha xalqaro me’yorlar va standartlar bilan uyg’unlashgan umumiy qoidalar hamda tartiblarni o’rnatadi;
    • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo’yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi;
    • Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish haqidagi qarorlarni qabul qiladi hamda standartlashtirish natijalarini o’zaro tan olish xususida kelishuvlar tuzadi;
    • O’zga davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;
    • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlanishi majburiy bo’lgan mahsulotlar ro’yxatini belgilaydi;
    • O’zbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish milliy tizimiga rahbarlik qiladi;
    • mahsulot, ishlar va xizmatlarni majburiy sertifikatsiyalashtirish xususidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
    • bir xildagi mahsulot sertifikatsion tizimi, sertifikatlangan mahsulot, sifat tizimlari, sifat bo’yicha ekspert-auditorlar davlat reyestrini olib boradi.
    • Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar olib borishni Sinovlar va sertifikatlashtirish Respublika markazi (hududiy bo’linmalari bilan) va bir xildagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditatsiyalangan organlar amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va rahbarlikni moslikni tasdiqlash sohasidagi texnikaviy siyosatni boshqarish boshqarmasi amalga oshiradi.

    O’zbekiston Respublikasining milliy muvofiqlik belgisi

    ваапарап