Войти

Navigatsiya

  • Foydali manbalar

  • Все о погоде - Pogoda.uz



    Biz haqimizda

    8 Avgust 2013

         Sertifikatlashtirish idorasiga 2011 yil 5 dekabrda № UZ.AMT.06.MAI.286 sonli akkeriditatsiya guvohnomasi, sinov laboratoriyasiga esa 2011 yil 17 oktyabrda № UZ.AMT.06.MAI.822 sonli akkeriditatsiya guvohnomasi berilgan.

         Bugungi kunda MChJda sertifikatlashtirish idorasida 5 nafar, sinov laboratoriyasida 5 nafar mutaxassis ishlaydi. Hamma mutaxassislar oliy ma’lumotli.

        Sertifikatlashtirish idoramizda nafaqat tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarga, balki iste’molchilarga kerakli maslahat, ma’lumot va yangiliklar olish uchun, shikoyat va takliflar berish uchun imkoniyatlar yaratilgan.

       Bizni idorada kerakli me’yoriy xujjatlardan foydalanish uchun mutaxassis va ariza beruvchilar uchun qulaylik yaratilgan.

           Bizga murojaat qilgan tadbirkor yoki iste’molchi o’ziga qulay vaqtda kerakli ma’lumotni va bizda mavjud bo’lgan me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish imkoniyati bor.

           Axborot-ma’lumot markazi bilan hamkorlikda har yili yangilaydigan ko’rsatkichlari orqali bizda mavjud meyoriy hujjatlar fondini aktualizatsiya qilamiz.

           Sertifikatlashtirish idoramizda va sinov laboratoriyamizda alohida meyoriy hujjatlar fondi mavjud.

           Sertifikatlashtrish idoramizning akkreditatsiya doirasiga kirgan sinovlarni sinov laboratoriyamizda bajara olamiz.

           Sertifikatlashtirish idoramizda namunalar sinov laboratoriyamizga shifrlab berish imkoniyatlar yaratilgan.